Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:24 / 28.12.2022
27652
5 daqiqa o‘qiladi
O‘qlar yomg‘iri ostidagi Baxmut va o‘tin qilayotgan askarlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 307-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Donetsk oblastining rossiyaliklar nazoratidagi Makiyivka shaharchasida sakkiz kishidan iborat oila a’zolari otib tashlandi, o‘ldirilganlarning 3 nafari bolalar edi. Tergov qo‘mitasi jinoiy ish ochgan. Mahalliy IIVga ko‘ra, ushbu ish doirasida makeyevkalik uch kishi qo‘lga olingan. Muqaddam sudlangan bu shaxslar talonchilik maqsadida ushbu jinoyatni sodir etishganini tan olishgan.
- Muxolif siyosatchi Ilya Yashin Udmurtiyaning Ijyevsk shahridagi qamoqxonaga o‘tkazildi. U Rossiya armiyasini obro‘sizlantiruvchi yolg‘on xabar tarqatishda ayblanib, sakkiz yarim yilga qamalgan.
- Vladimir Putin Rossiya neftini G‘arbning yuqori narx chegarasi qoidasiga amal qiluvchi xaridorlarga sotishni taqiqladi.
- Yevropada gaz narxi Ukrainadagi urush davrida ilk bor urushdan oldingi holatiga qaytdi. Narx avgustdagiga qaraganda to‘rt barobar arzonlagan.
- Ukraina bosh vaziri Dmitro Shmigalning aytishicha, agar qolgan kunlar davomida rossiyaliklar energetika infratuzilmalariga zarba bermasa, ukrainlar yangi yilni elektr cheklovlarisiz kutib olishi mumkin bo‘ladi.
- Moskva oblastidagi Podolske posyolkasida 76 va 70 yoshlardagi er-xotin qo‘lga olindi. Ular harbiy komissarlik binosiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lishgan.
Kun kadri. Baxmutda otishmalardan keyingi yong‘in
Donetsk oblastidagi ukrain harbiylari
Dieg o Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dneprdagi Chkalov haykali snos qilinishi
Mykola Miakshykov / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Frontda halok bo‘lgan S.T.A.L.K.E.R. mualliflaridan birining dafn marosimi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Istilo ostidagi Yasinovataya shahrida zarbalar oqibatlari
Nikolay Trishin / TASS
Nikolay Trishin / TASS
Mariupol ko‘chalari
Aleksandr Chernyx / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
19:15 / 14.03.2026
Eron Ukrainaga zarba berish bilan tahdid qildi
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
16:10 / 13.03.2026
Ukrainada Rossiya o‘qqa tutishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
13:52 / 13.03.2026