Jahon | 19:49 / 28.12.2022
9719
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya prezidenti Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi 

Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Shento‘p prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an nomzodini Nobel tinchlik mukofotiga ko‘rsatish tashabbusi bilan chiqqanini aytdi. 

Foto: Global Look Press/Mustafa Kaya

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya rahbari bunday faxriy mukofotga nomzod bo‘lishga «Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga qo‘shgan hissasi uchun» loyiq ko‘rilgan. 

Shento‘p Turkiyaning inqirozli masalalarda vositachilik harakatlari butun dunyoda mamnuniyat bilan qabul qilinishini qayd etdi. 

«Biz muzokara o‘tkazgan ko‘plab mamlakatlarda Turkiya prezidenti nomzodini Nobel tinchlik mukofotiga ko‘rsatish tashabbusi bildirildi. Shaxsan men Turkiya parlamenti deputati sifatida tegishli tashabbus bilan chiqdim. Shunga o‘xshash bayonotlar hali Sharqda ham, G‘arbda ham aytiladi. Masala aniqlashganidan so‘ng ma’lumot almashamiz. Hali yanvar oyining oxirigacha vaqt bor», dedi turkiyalik spiker. 

Turkiya parlamenti raisi Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkelga YuNESKO tinchlik mukofoti berilganini ham esladi. 

«Aslida Turkiya rahbari [Merkeldan] ko‘proq ish qilgan. Shu bilan birga, 2022 yilning eng muhim mavzusi Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi urush va uning oqibatlarini yumshatish choralari bo‘ldi. Bu yo‘nalishda qadam tashlagan yagona davlat Turkiya va uning prezidentidir. O‘ylaymanki, uning ishi xolis baholanishi kerak», — dedi u. 

Mavzuga oid