Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada gaz narxi urush boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
Yevropadagi eng yirik, Niderlandiyadagi TTF markazida gaz narxi 27 dekabrda bir MVt/soat uchun 77 yevrodan pastga tushdi, bu urush boshlanganidan beri eng past ko‘rsatkichdir. Sentabr oyida gazning narxi MVt/soat uchun 345 yevroga yaqin edi.
27 dekabr, seshanba kungi savdolar chog‘ida Niderlandiyadagi Yevropada eng yirik TTF markazida gaz narxi bir megavatt-soat uchun 77 yevrodan (ming kub metr uchun 820 yevro) pastga tushdi. Bu Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyingi davr uchun eng past ko‘rsatkichdir.
22 fevralda, urush boshlanishidan ikki kun oldin, TTF'da gaz bir MVt/soat uchun 79,9 yevrodan sotildi. 24 fevralda kotirovkalar 128 yevroga ko‘tarildi. Ular avgust oyining oxirida maksimal qiymatlariga erishib, megavatt-soat uchun 350 yevroga yaqinlashdi.
Germaniyaning Federal tarmoq agentligi (Bundesnetzagentur, BNetzA) ma’lumotlariga ko‘ra, gaz narxining pasayishiga dekabr oyi oxirida qaror topgan va iste’molni qisqartirgan issiq ob-havo yordam berdi. Agentlik rahbari Klaus Myuller Twitter'da shamol stansiyalaridan ko‘proq energiya tushgani va Fransiyaga energiya eksportini kamaytirish ham yordam berganini yozdi.
Yevropa gaz infratuzilmasi operatorlari uyushmasi Gas Infrastucture Europe (GIE) ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyadagi gaz omborlari Rojdestvo kunida 88,2 foizga to‘lgan, bu oldingi kundan 0,38 foizga ko‘proq. Noyabr oyi boshida Germaniyaning gaz omborlari Rossiyadan yetkazib berish to‘xtatilganiga qaramay, 99 foizdan ko‘proqqa to‘ldirilgan.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026