Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Ukrainani 200 million yevroga qurol-yarog‘ bilan ta’minlaydi
Parij Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri fransuz ishlab chiqaruvchilaridan qurol va harbiy texnika sotib olish imkonini beruvchi 200 million yevrolik fond yaratmoqda.
Foto: AP
Bu haqda Fransiya qurolli kuchlari vaziri Sebasten Lekornyu Kiyev shahrida Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Ukraina poytaxtiga kelgan Lekornyu Reznikov va Zelenskiy bilan uchrashdi.
U Fransiya Ukrainaga urush boshlanganidan beri ko‘rsatayotgan «ishonchli va doimiy yordam» haqida gapirdi.
«Biz Ukraina armiyasining ushbu yordamni 2023 yilda davom ettirishga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganib chiqdik», deb yozdi Fransiya vaziri Twitter'da.
Mavzuga oid
19:15 / 14.03.2026
Eron Ukrainaga zarba berish bilan tahdid qildi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
16:10 / 13.03.2026