O‘zbekiston | 13:23 / 29.12.2022
30143
1 daqiqa o‘qiladi

Ikkita oliygoh rektori lavozimidan olindi

Jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov hamda Buxoro muhandislik texnologiya institutining rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ozod etildi. Ularning lavozimga tayinlanganiga 3 yil ham bo‘lmagandi.

Ulug‘bek Azizov / Foto: Facebook / Ulugbek_Azizov

Oliy ta’lim vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov hamda Buxoro muhandislik texnologiya institutining rektori Nusratullo Barakayev ishdan olingan. 

Nusratullo Barakayev prezidentning 2019 yil mart oyi oxirida Buxoroga tashrifi doirasida ishdan olingan Ulug‘bek Muhamedxanov o‘rniga Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori etib tayinlangandi

Nusratullo Barakayev / Foto: daryo

Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ulug‘bek Azizov esa 2020 yilning avgust oyidan beri O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid