Prezidentning Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida viloyatdagi 4ta oliy ta'lim muassasasidan ikkitasida rahbarlar özgargan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bölişiça, Şavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan faollar yiğilişi vaqtida Buxoro davlat universiteti rektori va Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori işdan olingan.
Manba ma'lumotiga köra, 2014 yildan buyon Buxoro davlat universiteti rektori vazifasida işlab kelgan Abduqobil Abdunabiyeviç Tölaganov lavozimini tark etgan.

Ayni vaqtda uning örniga Obidjon Hafizoviç Hamidov yangi rektor etib tayinlangan.

Obidjon Hamidov şu vaqtgaça Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida xalqaro hamkorlik böyiça prorektor sifatida işlab kelayotgandi.
2013 yildan buyon Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori bölgan Uluğbek Turgudoviç Muxamedxanov ham lavozimdan olingan. Uning örnini Nusratullo Rajaboviç Barakayev egallagan.
Ma'lumot uçun, texnika fanlari doktori Nusratullo Barakayev 2014-2015 yillarda Guliston davlat universiteti rektori vazifasini bajaruvçi bölgan, keyinroq şu universitetning öquv işlari böyiça prorektor lavozimida faoliyat körsatgandi. U keyingi yillarda Toşkent Kimyo-texnologiya institutida işlab kelayotgandi.











