“Rayono” va “oblono” kabi tashkilotlarni yo‘q qilishni istayapman – Shavkat Mirziyoyev
Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan uchrashuv chog‘ida davlat rahbari o‘qituvchilar faoliyatiga xalal beruvchi tizimlar haqida gapirdi.
“Biz barcha fanlarni teng olib borishni, deylik hammani matematik qilishni istaymiz. Ammo amalda buning iloji yo‘q. Nari borsa 10 foiz bola matematik bo‘lishni istar. Biz bolaning istagidan kelib chiqib, uning talabiga ko‘ra ta’lim berishni o‘rganishimiz kerak. Bola o‘ziga nima qiziq ekanini yaxshi biladi, unga hamma fanni birdek o‘rgatishni to‘xtatib, qiziqish sohasiga urg‘u qaratish lozim.
“Rayono” va “oblono” kabi tashkilotlar siz uchun prokuror. Men kelajakda bu ikki tashkilotni yo‘q qilishni istayapman. Maktablarning o‘zi barcha jarayonni olib borishi zarur.
O‘rtadagi boshqa pog‘onalar nimaga kerak? Ular bo‘lgani uchun o‘qituvchi qadam qo‘ya olmaydi. Bunday tizimni sindiradigan vaqt keldi. Tartib kerak albatta, ammo buni nazorat qilish uchun vazirlik bor. Bizda hamon eski tizim saqlanib qolmoqda. Aslida teskarisi bo‘lishi, maktab “gorono”ga xo‘jayinlik qilishi kerak.
Biz eski tizimga moyilmiz, “rayono” nima desa shuni qilamiz. Zamon o‘zgarmoqda, kechirasizu, qishloq xo‘jaligida paxtaga munosabatni o‘zgartirdik. Endi paxta ham, tizim ham ishlamoqda. Demak kelajakda ta’lim tizimini ham jiddiy isloh qilishni o‘ylash kerak” – dedi prezident yetakchi pedagoglar bilan suhbatda.
Mavzuga oid
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
19:16 / 11.09.2024
Har bir kambag‘al oilaning kamida bir a’zosi oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi
21:41 / 06.09.2024
Rossiyada migrantlar bolalariga maktablar pulli qilinishi mumkin
21:16 / 04.09.2024