Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti soliq deklaratsiyasi e’lon qilindi
Sadir Japarov 2021 yilda jami 11,5 ming dollar daromad olganini ko‘rsatgan.
Qirg‘iziston Soliq xizmati mansabdor shaxslarning 2021 yil yakuni bo‘yicha daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini e’lon qilishni boshladi. Jumladan, mamlakat prezidenti Sadir Japarovning daromadlari va mol-mulkiga oid ma’lumotlar ham taqdim etildi.
Sadir Japarov 2021 yilda daromadi 997 803 qirg‘iz so‘mini (taxminan $11500) tashkil qilganini ko‘rsatgan. Bu prezidentning oylik daromadi 83,1 ming qirg‘iz so‘miga (taxminan $930) teng bo‘lganini anglatadi.
Hujjatga ko‘ra, unda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 0,6 gektar yer uchastkasi va garaj bor.
Ko‘chmas mulk yoki transport vositasi haqida ma’lumot berilmagan. Shuningdek, davlat rahbarining eng yaqin qarindoshlari daromadlari va mol-mulki haqida ham ma’lumot yo‘q.
Sadir Japarov 2020 yil uchun deklaratsiyada qarindoshlariga tegishli 50,7 kv.m. va 389 kv.m. maydonga ega ikkita uy, shuningdek, 17,2 kv.m. garaj borligini ko‘rsatgan edi. Qolaversa, ular «Umut bulagi» jamoat fondining ta’sischilari bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026