Jamiyat | 19:26 / 02.01.2023
30474
1 daqiqa o‘qiladi

Ayo Sofiya, Bosfor va Erdo‘g‘an qurdirgan masjid – Istanbuldan fotojamlanma

Istanbul – dengizlar bilan o‘ralgan, havosi toza va go‘zal shahar yil bo‘yi sayyohlar bilan to‘la bo‘ladi. Uzoq yillar davomida Vizantiya imperiyasi poytaxti bo‘lgan, so‘ngra Usmoniylar qo‘liga o‘tgan shahar ming yillar davomida o‘z qadimiyligini saqlab qolish bilan birga, yanada chiroy ochib borgan.

Bu yerda 1,5 ming yil avval qurilgan Ayo Sofiya ibodatxonasi ham, XIX asrda barpo etilgan Usmoniylar saroyi ham sizni hayratga sola oladi.

Eng muhimi, turklar bunday boy merosga ega shaharda mahalliy aholi uchun ham, sayyohlar uchun ham qulay bo‘lgan zamonaviy sharoitlarni yarata olishgan. 

Istanbulda bo‘lib turgan Kun.uz muxbiri shaharning diqqatga sazovor joylaridan fotojamlanma taqdim qiladi. 

Sulton Ahmad masjidi

Ayo Sofiya masjidi

To‘pkapi saroyi

Chamlija masjidi (2019 yilda ochilgan, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tashabbusi bilan qurilgan)

Bosfor bo‘g‘ozi 

Suratlar muallifi – Farrux Absattarov

Mavzuga oid