O‘zbekiston | 13:19 / 02.01.2023
8725
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston BMT Kosmosdan tinch maqsadda foydalanish qo‘mitasiga qo‘shildi

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekistonni Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish qo‘mitasiga (COPUOS) qo‘shish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

COPUOS BMTning maxsus qo‘mitasi bo‘lib, uning asosiy vazifalari xalqaro hamkorlikni ko‘rib chiqish va koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari hamda kosmik fazoni tadqiq etishda yuzaga keladigan huquqiy muammolarni o‘rganishdan iborat. O‘zbekistonning ushbu tashkilotga  qo‘shilishi bilan  uning a’zolari soni 97 taga yetdi. 41 ta xalqaro tashkilot qo‘mita va uning quyi qo‘mitalarida kuzatuvchi maqomiga ega.

COPUOS'da ishtirok etish mamlakatlarga koinot bilan bog‘liq o‘zgarishlar va jarayonlarni kuzatish hamda muhokama qilish uchun global darajada noyob imkoniyatni taqdim etadi.

Tashkilotga to‘laqonli a’zolik O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikda va COPUOS'ning barcha tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid