O‘zbekiston | 14:31 / 02.01.2023
11886
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri sifatida e’tirof etildi

Dunyodagi sog‘liqni saqlash va xavfsizlik xizmatlari bo‘yicha yetakchi kompaniyasi - International SOS mamlakatlarning odamlar hayoti uchun xavfsizligi haqidagi hisobotini taqdim etdi.

Foto: Kun.uz

Unda O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri deya qayd etilgan. Shu tariqa mamlakat AQSh, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Qatar, Fransiya kabi davlatlar bilan bir ro‘yxatdan joy oldi.

«Zo‘ravonlik jinoyatlari darajasi juda past. Hech qanday siyosiy tazyiq, fuqarolarning tartibsizliklari va chet elliklarga nisbatan diniy yoki irqiy tajovuz kuzatilmaydi. Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar xizmatlari samarali va infratuzilma mustahkam. Transport xizmatlari yuqori standartlarga ega, xavfsizlik qoidalari kuchli va faqat vaqti-vaqti bilangina sayohatlar to‘xtatilishi mumkin». Mazkur hisobotda xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ana shunday ta’rif berilgan.

International SOS eng xavfli davlatlar sifatida Afg‘oniston, Mali, Liviya, Iroq, Suriya, Yaman va Ukrainani qayd etgan.

Mavzuga oid