Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun 100 mln dollar oladi
Germaniyaning meva-sabzavotlar xalqaro savdosiga ixtisoslashgan Fruchtportal.de elektron jurnalida O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlariga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
“OPeK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) O‘zbekistonga asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun 100 million dollar mablag‘ ajratadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mazkur tashkilotlarning har birining hissasi 50 million dollarni tashkil etadi”, deb yozadi nemis elektron nashri.
Fruchtportal ma’lumotlariga ko‘ra, “O‘zbekiston don, sabzavot va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining sof importchisi hisoblanadi. Mamlakatga yetkazib beriladigan ushbu oziq-ovqat mahsulotlarining deyarli 40 foizi Qora dengiz mintaqasidan keltiriladi. Bundan tashqari, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi global vaziyat, oziq-ovqat va xomashyo narxlarining ko‘tarilishi sharoitida juda muhimdir”.
Ekspertlarning fikricha, meva-sabzavot segmentida kartoshka O‘zbekistonning eng yirik import pozitsiyasi bo‘lib, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Ta’kidlanganidek, taqdim etilayotgan moliyaviy yordam O‘zbekiston oziq-ovqat bozorini zarur tovarlar bilan arzon narxlarda barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
09:10 / 19.05.2026