Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin: Shols Ukraina masalasida Putin bilan bevosita aloqada
Qaysi shartlarda, qayerda va qachon tinchlik muzokaralarini o‘tkazishni hal qilish huquqi Ukrainaga tegishli, deya ta’kidladi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi.
Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainadagi urush munosabati bilan vaqti-vaqti bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bevosita gaplashib turadi. Yevropa Ittifoqidagi boshqa siyosatchilar ham Rossiya bilan diplomatik aloqada. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili o‘rinbosari Kristian Xoffman 2 yanvar, dushanba kuni DW muxbirining Moskva Berlindan Ukrainada tinchlik muzokaralarini boshlash bo‘yicha takliflarni olyaptimi, degan savoliga javob berar ekan, ma’lum qildi.
«Bundan tashqari, shuni ta’kidlash mumkinki, Rossiya bilan aloqa va suhbatlar yo‘q deb taxmin qilish noto‘g‘ri bo‘lardi. Ma’lumki, federal kansler ham, YeIdagi boshqa siyosatchilar ham doimiy ravishda prezident Putin bilan bevosita aloqa o‘rnatgan. Boshqa darajalarda, albatta, aloqalar saqlanmoqda. Bu sohada sukunat o‘rnatilgan deb o‘ylash noto‘g‘ri», dedi Xoffman.
Bundan oldin Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Kristian Vagner DW'ning savoliga javoban shunday dedi: «Biz Ukraina qanday sharoitda, qachon va qanday muzokaralar olib borishini (Rossiya bilan urushning tugashi to‘g‘risida) o‘zi belgilashi kerakligini bir necha bor aytdik».
Shu bilan birga, Vagner Germaniya TIV nuqtayi nazaridan «Rossiyadan muzokaralar uchun ishonchli takliflar kelmayapti», deb ta’kidladi. «Buni (Rossiyaning tinchlik muzokaralariga tayyor emasligini) so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan ancha shafqatsiz bombardimon ham ko‘rsatdi. Demak, Rossiyaning bu harakatlari juda aniq pozitsiyani yaratadi», - dedi Vagner.
Dastlab DW muxbiri undan Bundestagning hukmron Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) deputati, Berlinning sobiq burgomistri Mixael Myullerning GFR Moskva bilan aloqani faolroq davom ettirishi kerakligi haqidagi fikriga izoh berishni so‘radi.
«Biz (Rossiya tomoniga) vaqti-vaqti bilan suhbatni boshlashni taklif qilishimiz kerak. "Yashillar" va GSDP buni tushunmayotgani achinarli», dedi Myuller 2 yanvar kuni ertalab ARD davlat-huquqiy telekanalining Morgenmagazin dasturida. «Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tezda muzokaraga kirishishimiz uchun Putindan boshqa aloqalar va kanallar kerakligini anglab yetsa yaxshi bo‘lardi», — deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.
2022 yil dekabrida Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyev fevral oyi oxirida BMT maydonida va tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish vositachiligida «tinchlik sammiti» o‘tkazishni xohlashini e’lon qildi. Shu bilan birga, Rossiyaning unda ishtirok etishi urush jinoyatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, xalqaro tribunal qarshisiga chiqsagina mumkin bo‘ladi, dedi Kuleba.
O‘shanda BMT bu taklifni vazminlik bilan qabul qilib, Antoniu Guterrish «agar ikkala tomon ham bu vositachilikni xohlasa», Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarida vositachilik qilishga tayyorligini bildirgan.
Shu bilan birga, Kil universiteti qoshidagi Xavfsizlik siyosati instituti rahbari, professor Yoaxim Krauze Dmitriy Kulebaning taklifini DW uchun izohlar ekan, bu rejaga katta umid bog‘lamasligini ochiq aytdi. «Ukrainaning tinchlik tashabbuslariga kelsak, menda hozirda jiddiy savol belgilari bor. Men Ukraina bu bilan nimaga erishmoqchi ekanini bilmayman, faqat Rossiya agressiyasini yana bir qoralashdan tashqari», - dedi u.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026