Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDHga raislik Qirg‘izistonga o‘tdi
Qirg‘iziston 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab MDHga raislikni o‘z zimmasiga oldi.
Foto: Kun.uz
Hamdo‘stlik davlat rahbarlari Kengashining 2022 yil 14 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, Qirg‘iziston 2023 yil davomida MDH Davlat rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Iqtisodiy kengash, boshqa tuzilmalariga ham raislik qiladi.
Qozog‘iston (2022 yilda raislik qilgan) va Rossiya (2024 yilda raislik qiladi) hamrais bo‘ladi.
Prezident Sadir Japarov Ostonada bo‘lib o‘tgan MDH sammitida Qirg‘izistonning 2023 yildagi raisligining ustuvor vazifalarini taqdim qilgan edi. Qirg‘iziston tomoni raislik davrida Hamdo‘stlik makonida ko‘p bosqichli integratsiya tuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish orqali MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida bir-birining manfaatlarini o‘zaro hurmat qilishga asoslangan yaxshi qo‘shnichilik va ishonchli munosabatlarni mustahkamlashga katta e’tibor qaratadi.
2022 yil 14 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Ostona sammitida Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi lavozimini 2023 yildan «MDH Bosh kotibi» lavozimiga o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ushbu sammitda Sergey Lebedevning Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi rahbari sifatidagi vakolatlari yana uch yilga uzaytirildi.
Mavzuga oid
18:30
O‘zbekiston Qirg‘izistonning «Qambar Ota-1» GES qurilishini moliyalashtiradi
09:20 / 05.12.2025
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
10:00 / 01.12.2025
Qirg‘izistondagi saylovlar: Japarovga sodiq nomzodlar deyarli barcha okrugda g‘alaba qozondi
17:04 / 30.11.2025