Xitoy o‘z fuqarolariga cheklovlar joriy qilgan davlatlarni ogohlantirdi
Xitoyliklarga qarshi COVID-19 bilan bog‘liq cheklovlarni joriy qilgan mamlakatlarga Xitoy hukumati aynan shunday choralar bilan tahdid qildi.
2023 yil boshidan Xitoy nihoyat xalqaro turizmga yo‘l ochishga qaror qildi, ammo ma’lum bo‘lishicha, dunyoning hamma davlatlari ham xitoylik sayyohlarni cheklovlarsiz qabul qilishga tayyor emas.
Sky News ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniya kabi bir qator davlatlar xitoyliklardan COVID-19 testi natijalarini taqdim etishni talab qilmoqda. Bunday talab Xitoyda koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin oshib ketgani bilan izohlangan. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu davlatlarda dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlaridan kelgan sayyohlardan bunday ma’lumotnoma talab qilinmayapti.
«Biz ba’zi davlatlar tomonidan xitoyliklarga nisbatan qabul qilingan kirish cheklovlari ilmiy asoslanmagan deb hisoblaymiz va ba’zi haddan tashqari cheklovlarni umuman qabul qilib bo‘lmaydi. Biz COVID-19 choralarini siyosiy maqsadlarda manipulyatsiya qilishga urinishlarga qat’iy qarshimiz va shunga mutanosib choralarni ko‘ramiz», deb ma’lum qildi Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Nin.
Biroq, uning ta’kidlashicha, Xitoy bu masala bo‘yicha «muloqotni yaxshilashga tayyor».
O‘z navbatida, Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi Xitoy «to‘liq tibbiy axborot yo‘qligi» tufayli yangi qoidalardan zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Biroq, agar axborot almashish masalasida vaziyat yaxshilansa va ma’lumotlarning shaffofligi oshirilsa, vaqtinchalik choralar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Xitoy mamlakatda sodir bo‘lgan ko‘plab norozilik namoyishlari ortidan, dekabr oyidan boshlab koronavirus cheklovlarini yumshatdi. Shundan so‘ng, kovid bilan kasallanish holatlari misli ko‘rilmagan darajada oshib ketdi. Shunga qaramay, Xitoy 8 yanvardan boshlab xalqaro sayyohlarga mamlakat chegaralarini ochdi.
Mavzuga oid
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024