O‘zbekiston | 09:29 / 04.01.2023
3551
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Bruney aviakompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston diplomatlari Bruneyning «Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasi vitse-prezidenti Ilyos Rori Teo bilan videokonferensiya vositasida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Wikipedia

«Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasi bilan O‘zbekistonga charter va muntazam havo qatnovlarini birgalikda amalga oshirish, «Ziyorat turizmi» dasturi doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari, shuningdek, respublika aeroportlaridan tranzit xizmati maqsadlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Ilyas Rori Teo «Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasi o‘zbekistonlik hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi. Suhbatdosh «Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasining O‘zbekistonga parvozlarini amalga oshirish imkoniyati haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga, kompaniya tomonidan muntazam va charter havo qatnovlarining iqtisodiy samaradorligini o‘rganish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2023 yil yanvar oyi boshida Transport vazirligi, «O‘zbekiston aeroportlari» AJ rahbariyati va «Royal Brunei Airlines» aviakompaniyasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollarini batafsil muhokama qilish uchun onlayn uchrashuv tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid