Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik deputat AQSh Moskvaga zarba bermoqchi ekanini aytdi
«Yedinaya Rossiya» partiyasi deputati Yevgeniy Fyodorov so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar Moskvadagi biznes markaz hududiga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Foto: RIA Novosti
«Men ular zarba rejasini ishlab chiqayotganini bilaman, masalan, «Moskva-Siti»ga namoyishkorona zarba berishni. Ya’ni ular qarama-qarshilik darajasini oshirmoqchi», dedi Fyodorov.
Deputatning fikricha, Rossiyaning markaziy hududlariga zarbalar ko‘payadi. Fyodorov Engels shahridagi aerodromga qilingan hujumni misol qilib keltirdi. Uning oqibatida uch kishi halok bo‘lgan edi.
Dekabr oyi boshida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Vashington Kiyevning Rossiya Federatsiyasi hududiga zarba berishga urinishlarini rag‘batlantirmasligini aytdi. U, shuningdek, AQSh bu borada Ukrainaga yordam bermasligini ta’kidladi. Blinkenning qo‘shimcha qilishicha, u Rossiya aerodromlariga hujumlar haqida eshitgan, biroq u bu haqda «batafsil ma’lumotga» ega emas.
Shu bilan birga, harbiy xavfsizlik va qurol nazorati bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilovning aytishicha, ukrainalik harbiylar Rossiyaning ikkita aerodromiga hujum qilishda qo‘llagan dronlar AQSh ishtirokida takomillashtirilgan. Gavrilov, shuningdek, NATO Ukrainaning Rossiya aerodromlariga hujum tayyorlayotganidan xabardor ekanini aytdi.
Mavzuga oid
21:16
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
19:21
“Nojo‘ya ta’sirlari haqida yetarlicha ogohlantirishmagan” - AQShda “ozdiruvchi vositalar” ustidan shikoyatlar ko‘paydi
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28