Rossiyaning «Gorshkov» fregati «Tsirkon» raketasi bilan okeanlararo sayohatga chiqdi
Rossiya armiyasining «Admiral Gorshkov» fregati gipertovushli «Tsirkon» raketalari bilan qurollangan holda Atlantika hamda Hind okeanlari bo‘ylab jangovar sayohatga chiqdi. Harbiy kemaning rasman sayohatni boshlash jarayonida Rossiya prezidenti Putin ham qatnashdi.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, harbiy kema Atlantika va Hind okeanlaridan tashqari O‘rta Yer dengiziga ham boradi. Marosimda qatnashgan Putin navbatdagi marta «Tsirkon» raketasining dunyoda analogi yo‘qligini ta’kidladi.
«Admiral Gorshkov» oxirgi yillarda rus OAVda tez-tez tilga olinayotgan fregat bo‘lib, Rossiya harbiy dengiz kuchlariga 2018 yilda qabul qilingan. Kema «Tsirkon» gipertovushli raketasi sinovida ko‘p marta qatnashgan.
Mavzuga oid
21:36 / 30.08.2024
Rossiyaga xorijliklarni biometrik ma’lumotlar asosida kiritish taklif etildi
20:36 / 30.08.2024
Mo‘g‘uliston Putinni hibsga olmaydi - Kreml
16:39 / 30.08.2024
Rossiyada operatorlardan YouTube'ni «tezlashtirishni» to‘xtatish talab qilindi
12:50 / 30.08.2024