Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Habib Nurmagomedov MMAdan butunlay ketdi
Dog‘istonlik aralash jang ustasi Habib Nurmagomedov MMAdan to‘liq ketdi. Bu haqda Eagle FC promousheni prezidenti Shamil Zaurov xabar qildi.
Nurmagomedov bilan birga tushgan suratini o‘z sahifasiga joylagan Zaurov shunday deb yozdi: «U sportdan ketdi, lekin sport uni hech qachon tark etmaydi».
Habib Nurmagomedov 2020 yildan buyon jang qilmayapti, u oxirgi marta amerikalik Jastin Geydji bilan jang qilib g‘alaba qozongandi. Dog‘istonlik atlet o‘zi o‘tkazgan barcha janglarida g‘alaba qozongan va professional faoliyatini mag‘lubiyatsiz yakunlagandi.
Nurmagomedov ustozi va otasi Abdulmannob Nurmagomedov vafotidan keyin ortiq jang qilmaslikka qaror qilganini aytgandi. «Geydji bilan jang faoliyatimdagi oxirgisi bo‘lishi haqida onamga so‘z bergandim va bu so‘zimning ustidan chiqishim kerak», degandi sportchi.
Shundan keyin Nurmagomedov aralash jang musobaqalarida murabbiylik va tashkilotchilik bilan shug‘ullandi. Endilikda esa ko‘proq vaqtini oilasiga ajratmoqchi ekanini aytgan sportchi MMAdan butunlay ketgani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:40 / 30.04.2026
Buxorodagi tarixiy majmua oldida noqonuniy targ‘ibot: MMA turniri bannerida onlayn qimor o‘yini logotipi ham bor
20:49 / 23.10.2025
Olmaliqda murabbiy bolalarni kaltak bilan «tarbiyalab» kelgan. U bu ishi uchun uzr so‘radi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024