Jahon | 20:03 / 09.01.2023
9867
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiyada prezident saylovi muddati surilishi mumkinligini ma’lum qildi

Bungacha 18 iyunga belgilangan saylovlar may oyiga ko‘chirilishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar yurgandi.

Foto: AFP/Getty Images

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda prezidentlik saylovi o‘tkaziladigan sana ko‘chirilishini istisno qilmadi, deb yozdi Tengrinews «T24» telekanaliga tayanib.

Davlat rahbari 2023 yilgi saylovni «demokratik Turkiya tarixidagi eng muhim saylovlardan biri» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni uzoq davom etgan va uning sanasini «ehtimol, biroz ko‘chirishga» to‘g‘ri kelishi mumkin.

«Boshqalar o‘z ichki muammolariga o‘ralashib, vaqtini behuda o‘tkazayotgan bir paytda, biz mamlakatimiz va xalqimizga ko‘rsatiladigan xizmatlarni batafsil ishlab chiqdik», dedi u.

Turkiyada navbatdagi umumiy saylovlar - ham prezidentlik, ham parlament saylovlari 2023 yil 18 iyunga belgilangan. Avvalroq saylovlar sanasi may oyiga ko‘chirilishi mumkinligi haqida aytilayotgandi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid