Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minsk: Rossiya Aerokosmik kuchlari ishtirokida parvoz-taktik mashqlari boshlanadi
16 yanvardan 1 fevralgacha mintaqaviy kuchlar guruhining aviatsiya tarkibiy qismiga kiruvchi Belarus va Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarining aviatsiya bo‘linmalari o‘rtasida qo‘shma taktik parvoz mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya Qurolli kuchlari Harbiy-kosmik kuchlarining aviatsiya komponenti mamlakatga yetib keldi, deb ma’lum qildi Minsk.
Taktik parvoz mashg‘ulotlariga Belarus Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari va Havo hujumidan mudofaa kuchlarining barcha aerodromlari va poligonlari jalb etiladi, deya qo‘shimcha qildi Mudofaa vazirligi.
Bundan oldin belaruslik muxolif siyosatchi Pavel Latushko Belarus hukumati yaqin vaqt ichida Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaga faol harbiy yordam ko‘rsatish uchun safarbarlikni boshlashi mumkin ekanini aytgandi.
Latushkoning so‘zlariga ko‘ra, safarbarlik uchun deyarli hamma narsa tayyor, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Kremldan kelgan buyruq bilan tugmachani bosishi kifoya.
Pavel Latushko Minskdagi manbalarga tayanib, Belarus ichki ishlar organlari xodimlarining aksariyati pasportlarini topshirishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Bunday ma’lumotlar mamlakatning turli shaharlaridan kelgan. «Bu ular safarbarlik bo‘lgan taqdirda mamlakatni tark eta olmasligini bildiradi», deb tushuntirdi muxolifatchi.
Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, Belarusda rus askarlari soni ham, Rossiyaning harbiy texnikasi ham ko‘paymoqda va mashg‘ulotlar muntazam ravishda Rossiya qo‘shinlari tomonidan alohida va Belarus bo‘linmalari bilan birgalikda o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025