Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Pokistondan 36 ming tonna mandarin sotib oldi
Mandarin importi 16,4 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 45,6 ming tonna mandarin import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mandarin importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,4 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 11 oyda mandarin mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Pokiston birinchi o‘rinni egalladi – 36,7 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Turkiya – 3,6 ming tonna;
- Xitoy – 3,2 ming tonna;
- Eron – 503 tonna;
- Misr – 442,2 tonna.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026