Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon avtomobilsozlik sohasida qo‘shma loyihani amalga oshiradi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Ozarboyjon elchisi Guseyn Guliyevni qabul qildi.
Uchrashuvda oliy darajadagi muntazam va samarali muloqot tufayli O‘zbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Rejalashtirilgan tadbirlar jadvali, O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi davrasiga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish, avtomobilsozlik, neft-kimyo, energetika va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
18:09 / 19.05.2026
Toshkentda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026