O‘zbekiston | 10:14 / 11.01.2023
22881
3 daqiqa o‘qiladi

12 yanvar kuni harorat 17 daraja sovuqqacha pasayadi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 12 yanvar, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -17...-19 daraja, kunduzi -9...-11 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -20...-25 daraja, Ustyurtda -27...-30 darajagacha, kunduzi -12...-17 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -18...-23 daraja, kunduzi -8...-13 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -15...-20 daraja, cho‘l hududlarda kechasi -27...-30 daraja, kunduzi -7...-12 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -12...-17 daraja, ba’zi joylarda -20 darajagacha, kunduzi -5...-10 daraja, ba’zi joylarda -12 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda. Harorat kechasi -8...-13 daraja, ba’zi joylarda -15 darajagacha, kunduzi -3...-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -8...-13 daraja, kunduzi -3...-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublika tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tushishi mumkin Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -20...-25 daraja, kunduzi -10...-15 daraja sovuq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid