O‘zbekiston | 14:40 / 11.01.2023
3514
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyadan 20 ming tonnadan ortiq bug‘doy sotib oldi

2022 yil yanvar-noyabr oylari mobaynida O‘zbekiston Rossiyadan 21,4 ming tonna bug‘doy import qildi.

Foto: Reuters

Bundan tashqari, ushbu davr davomida mamlakat Rossiyadan margarin mahsulotlari (101,4 ming tonna), o‘simlik moyi (55 ming tonna), kakao va shokolad (30 ming tonna), kartoshka (15 ming tonna), sut mahsulotlari (12,8 ming tonna), parranda go‘shti (5 ming tonna), baliq va dengiz mahsulotlari (4,5 ming tonna) ham sotib oldi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga dunyoning 109 mamlakatidan 3,2 milliard AQSh dollari miqdoridagi oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid