O‘zbekiston | 15:59 / 11.01.2023
2735
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo dekabrda qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi

Dekabr oyida respublika bo‘yicha 28 395 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Foto: KUN.UZ

2022 yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 28 395 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 121 taga oshgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Qashqadaryo viloyati birinchi o‘rinni egalladi – 3621 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 3320 ta hamda 2987 ta nikoh holatlari qayd etilgan Samarqand viloyati va Surxondaryo viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Farg‘ona viloyati – 2667 ta;  
  • Andijon viloyati – 2596 ta; 
  • Xorazm viloyati – 2342 ta; 
  • Namangan viloyati – 2086 ta;
  • Buxoro viloyati – 1843 ta; 
  • Toshkent viloyati – 1798 ta; 
  • Toshkent shahri – 1560 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 1354 ta;   
  • Jizzax viloyati – 1032 ta; 
  • Sirdaryo viloyati – 657 ta;
  • Navoiy viloyati – 532 ta.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid