Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning muvofiqligini baholash tartiblariga oid nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Hukumat qarori loyihasi bilan:
a) xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- majburiy tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mahsulotlar turlari ro‘yxati;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mahsulotlar davlat reyestrini yuritish;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mahsulotlarning daliliy hujjatlarini shakllantirish va saqlash;
- davlat ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga o‘zgartirish kiritish, uni amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish tartibi;
b) mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar turlari ro‘yxati;
- mahsulotlarni intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish;
- sertifikatlashtirishni amalga oshirish tartibi;
- mahsulotlarni sertifikatlashtirish sxemalari qo‘llanishi;
- sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy baholash;
- muvofiqlik sertifikatiga o‘zgartirish kiritish tartibi;
v) xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan majburiy muvofiqligi deklaratsiyalanadigan mahsulotlar ro‘yxati;
- muvofiqlikni deklaratsiyalash sxemalari;
- muvofiqlikni deklaratsiyalash hujjatlarni shakllantirish va uni ro‘yxatga olish;
- muvofiqlik deklaratsiyasini ro‘yxatga olishga asos bo‘lgan daliliy hujjatlarni shakllantirish va saqlash;
g) xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan mahsulotlarning muvofiqligini ma’lum qilish yo‘li bilan tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan majburiy muvofiqligi ma’lum qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati;
- muvofiqlik xabarnomasini ro‘yxatga olish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish;
d) mahsulotlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga nomuvofiqligini aniqlash, ularning ro‘yxatini yuritish, erkin muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga mahsulotlarni nomuvofiqligini aniqlash tartibi;
- nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarni savdodan chaqirib olish, yo‘q qilish hamda ularning ro‘yxatini yuritish tartibi;
- mahsulotlarni olib kirishni qayta tiklash tartibi.
Mavzuga oid
12:54 / 14.05.2026
“Hayvondan yuqadi, tashqi muhitga chidamsiz” - hantavirus O‘zbekistonga qanchalik xavf soladi?
15:06 / 01.05.2025
Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi
11:44 / 01.05.2025
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi yuritiladi
09:51 / 15.04.2025