Jahon | 08:39 / 14.01.2023
3424
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha va Litva Rossiya yadro sektoriga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqchi

Varshava va Vilnyus Yevropa Ittifoqini yangi sanksiyalar paketi doirasida Rossiya yadro sektoriga qarshi cheklovlar joriy etishga chaqirdi. Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketi 24 fevralgacha tayyor bo‘lishi kerak.

Foto: Bloomberg

Polsha va Litva Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi yangi, o‘ninchi sanksiyalar paketining bir qismi sifatida RF yadro sektoriga cheklovlar joriy etishga chaqirdi, deb xabar berdi Reuters agentligi 13 yanvar, juma kuni ikkala mamlakatning yuqori martabali diplomatlariga tayanib. Ularga ko‘ra, ushbu jazo choralari to‘plami Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirganining bir yilligi sanasi – 24 fevralgacha tayyor bo‘lishi kerak.

Reuters xabariga ko‘ra, Ukraina allaqachon Yevropa Ittifoqini "Rosatom"ga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirgan, biroq bu tashabbus hozircha, xususan, Vengriya tomonidan bloklangan. Polsha va Litva, shuningdek, ko‘proq "Rossiya tashviqoti ommaviy axborot vositalari"ni taqiqlashni va Rossiya banklarini SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan chiqarib tashlashni taklif qilishdi.

Varshava va Vilnyus Belarusga qarshi ham cheklovlar joriy etish tarafdori bo‘lib, uning yordamida agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Rossiya Yevropaning ayrim sanksiyalarini chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lmoqda. Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen YeI Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaga yordam bergani uchun Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishini aytgan edi.

Yevropa diplomatlari Yevropa Ittifoqi Belgiya va Rossiya o‘rtasidagi olmos savdosini yana bir bor to‘xtatishga va harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan tovarlar savdosiga qo‘yilgan taqiqlarni kengaytirishga harakat qilishini aytdi.

Hozirda 1300 ga yaqin odam va 120 tashkilot Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Cheklovlar savdo, transport, energetika, bank, ommaviy axborot vositalari va mudofaa sohalariga tegishli.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid