10:15 / 14.01.2023
8632

Rossiya yollanma askarlarning Soledar uchun jangdagi ishtirokini tan oldi

Soledardagi hujumni «Rossiya qo‘shinlarining xilma-xil guruhlari» boshqargan, ammo «shahar mavzelariga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum qilish» vazifasi «Vagner XHK hujum otryadlari ko‘ngillilarining jasoratli va fidokorona harakatlari bilan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan», deb ma’lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Foto: Picture Alliance

Bir necha soat oldin, Soledar Rossiya aviatsiyasi, artilleriya va raketa kuchlarining sa’y-harakatlari, shuningdek, «o‘ta muhim balandliklarni egallab olgan va shaharni shimol hamda janubdan bloklagan havo-desant bo‘linmalarining «yashirin manyovri» tufayli egallab olingani haqida xabar berilgandi. 

Bunga javoban Vagner XHK egasi Yevgeniy Prigojin «doimo uning yollanma askarlaridan g‘alabani o‘g‘irlashga harakat qilishayotgani» to‘g‘risida ma’lum qildi

Shu bilan birga, Ukraina tomoni Soledarning egallab olinganini hamon rad etyapti: Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi kechqurun tezkor hisobotida shaharda janglar davom etayotgani haqida xabar berdi.

Avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi Soledar Rossiya kuchlari tomonidan qo‘lga olinganini tasdiqlamagandi. Bu haqda Vashingtondagi brifingda Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder ma’lum qildi. 

«Biz aniq bilamizki, ukrainaliklar Soledar yaqinida harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Pentagon vakili. 

Shuningdek, u Pentagon Moskvaning Ukrainaga Belarus hududidan hujum qilishga tayyorlanayotgani alomatlarini ko‘rmayotganini ta’kidladi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top