Bir neça soat oldin, Soledar Rossiya aviatsiyasi, artilleriya va raketa kuçlarining sa’y-harakatlari, şuningdek, «öta muhim balandliklarni egallab olgan va şaharni şimol hamda janubdan bloklagan havo-desant bölinmalarining «yaşirin manyovri» tufayli egallab olingani haqida xabar berilgandi. 

Bunga javoban Vagner XHK egasi Yevgeniy Prigojin «doimo uning yollanma askarlaridan ğalabani öğirlaşga harakat qilişayotgani» töğrisida ma’lum qildi. 

Şu bilan birga, Ukraina tomoni Soledarning egallab olinganini hamon rad etyapti: Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi keçqurun tezkor hisobotida şaharda janglar davom etayotgani haqida xabar berdi.

Avvalroq AQŞ Mudofaa vazirligi Soledar Rossiya kuçlari tomonidan qölga olinganini tasdiqlamagandi. Bu haqda Vaşingtondagi brifingda Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder ma’lum qildi. 

«Biz aniq bilamizki, ukrainaliklar Soledar yaqinida harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda», — deya qöşimça qildi Pentagon vakili. 

Şuningdek, u Pentagon Moskvaning Ukrainaga Belarus hududidan hujum qilişga tayyorlanayotgani alomatlarini körmayotganini ta’kidladi.