Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volodimir Zelenskiy: Donbass uchun kurash davom etmoqda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z videomurojaatida Donbass, jumladan Soledar, Baxmut va Kremennaya uchun jang davom etayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Baxmut, xususan, xalqaro legion va "Shaman" otryadi jangchilari tomonidan himoyalanmoqda.
Zelenskiy, shuningdek, "Kraken" bo‘linmasi jangchilariga Soledar yaqinidagi janglarda chidamliligi va muvaffaqiyatli harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Bundan oldin AQSh Mudofaa vazirligi Soledar Rossiya kuchlari tomonidan qo‘lga olinganini tasdiqlamagandi. Bu haqda Vashingtondagi brifingda Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder ma’lum qildi.
«Biz aniq bilamizki, ukrainaliklar Soledar yaqinida harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Pentagon vakili.
Shuningdek, u Pentagon Moskvaning Ukrainaga Belarus hududidan hujum qilishga tayyorlanayotgani alomatlarini ko‘rmayotganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
21:27 / 08.07.2026