Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Singapurga davlat tashrifi bilan boradi
Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatiga tashrif 16-18 yanvar kunlari amalga oshiriladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur Respublikasi prezidenti Halima Yoqubning taklifiga binoan 16-18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq Singapur prezidenti Halima Yoqub va mamlakat bosh vaziri Li Syan Lun bilan oliy darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Singapur munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida, shuningdek, davlat boshqaruvi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu yo‘nalishlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami muzokaralar yakunida imzolash uchun tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, prezident Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tashrif arafasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes forumi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
20:06 / 05.10.2025