O‘zbekiston | 23:20 / 16.01.2023
10729
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda ham qishki ta’til muddati uzaytirildi

Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalariga ta’til uzaytirilib, darslar 23 yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi.

“Mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda viloyat hududida sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotgani tufayli Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til 2023 yil 23 yanvarga qadar uzaytirildi.

O‘quv mashg‘ulotlari 23 yanvar, dushanba kunidan boshlanadi”,– deyiladi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi(hozirgi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmasi)ning xabarida.

Ma’lumot uchun, avvalroq Buxoro viloyati hokimligi hududdagi barcha ta’lim muassasalari uchun darslar 23 yanvardan boshlanishini e’lon qilgandi.

Mavzuga oid