O‘zbekiston | 13:55 / 16.01.2023
23979
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta o‘rtalarida kunlik harorat ko‘tariladi - "O‘zgidromet"

O‘tgan haftada hududdagi g‘ayritabiiy sovuq ob-havoni belgilagan Qozog‘iston viloyatlari ustidagi sovuq antitsiklon zaiflasha boshladi. 

Foto: Kun.uz

"O‘zgidromet" taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu tendensiya kelgusi kunlarda ham davom etadi.

Bugun kunduzi O‘zbekistonda havo harorati 3-8 daraja sovuq bo‘ladi. Haftaning o‘rtalarida kunlik harorat ko‘tariladi, 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kechasi harorat 8-13 daraja sovuq bo‘ladi.

Bu harorat ish haftasi oxirigacha saqlanib qoladi. Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘ylab tuman tushishi mumkin.

Respublika yo‘llarida ayrim joylarda muzlik qoladi. Bundan tashqari, kunduzi havo harorati ko‘tarilgach, uylarning tomidagi qor eriy boshlaydi, muzliklar paydo bo‘ladi. 

16 yanvar kuni tog‘li hududlarda qor ko‘chkisi xavfi saqlanib qolmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid