Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina 2023 yilda Yevropa Ittifoqidan 18 mlrd yevro oladi
Yevropa komissiyasi (YeK) va Ukraina 2023 yilda Kiyevga 18 milliard yevrogacha kredit berishni nazarda tutuvchi memorandumni imzoladi.
Joriy hafta YeK Ukrainani Yevropa Ittifoqi (YeI) nomidan 3 milliard yevro miqdoridagi makromoliyaviy yordam transhi bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi YeK vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis.
Hujjat imzolanishi haqidagi ma’lumotni Ukraina bosh vaziri Denis Shmixal tasdiqladi.
«3 milliard yevrolik birinchi to‘lov shu hafta oxirida amalga oshiriladi. Ular Ukrainaga o‘zining bevosita ehtiyojlarini qoplashga yordam beradi – yil davomida doimiy to‘lovlar oqimi bilan», — deb yozdi Dombrovskis Twitter'da.
U qolgan to‘lovlarni olish muddatini aytmadi. Shmixal o‘z akkauntida bu to‘lovlar Kiyevga «kelajakda mikroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishga» yordam berishini yozgan.
Financial Times gazetasining xabar berishicha, 2023 yilda Ukraina xalqaro hamkorlaridan 38 milliard dollar (oyiga taxminan 3,5 milliard dollar) budjet yordami olishni kutmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiy harakatlar tugaganidan keyin mamlakatni tiklash uchun 1 trillion dollardan ko‘proq mablag‘ kerak bo‘lishini aytdi.
Mavzuga oid
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
11:35 / 21.06.2026