Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada davlatga ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning fermasi aniqlandi
Elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tadbirda «K.A» MChJ rahbari M.A. korxonaning Uchko‘prik tumanidagi yordamchi xo‘jaligida go‘yoki kompyuter texnikalarini ta’mirlash sexini tashkil etib, amalda 179 dona «Antminer» mayning qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulab, 794,7 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Shuningdek, fuqaro S.S. O‘rikzor ko‘chasidagi uyida go‘yoki muzlatkichlarni ta’mirlash sexi tashkil etib, amalda 6 dona «Antminer» mayning qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulab, 126,1 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 283,8 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026