Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim sud ishlarini yuritish ma’muriy organlarga o‘tkaziladi
"Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 2023 yil 1 sentabrgacha “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi sinov tarzida ishga tushiriladi hamda 2024 yildan amaliyotga to‘liq joriy etiladi.
Quyidagilar joriy etiladi:
ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlarni ko‘rish vakolati ma’muriy organlarga o‘tkaziladi;
ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibi belgilanadi.
Ayrim yo‘nalishlarda prokuror nazorati qisqartiriladi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtiriladi hamda uning hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni ko‘paytiriladi.
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida o‘tiradi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026