O‘zbekiston | 08:45 / 18.01.2023
7430
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Qashqadaryoda osma dor yo‘llari barpo etishni rejalashtiryapti

16 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati hokimligi va Xitoyning CAMC Engineering (SAMSe) kompaniyasi yangi zamonaviy infratuzilmalarni rivojlantirishda hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Bitimni imzolashga bag‘ishlangan marosim chog‘ida Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimov va SAMSe bosh direktori Li Xaysin Kitob tumanidagi “Qaynar”, Shahrisabz tumanidagi “Miraki” va Qamashi tumanidagi “Maydanak” turistik hududlarida zamonaviy osma dor yo‘llarini barpo etish, viloyatda “yashil energetika”ga o‘tish va energiya tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish hamda agrologistika markazlarini qurish bo‘yicha hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishdi.

Tomonlar 2023 yil davomida o‘zaro delegatsiyalar almashishni hamda Qashqadaryo viloyatida zamonaviy infratuzilmalarni yaratish bo‘yicha Xitoy tajribasini qo‘llashni rejalashtirib oldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid