Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdan Kiyevga yangi harbiy yordam paketiga Bradley mashinalari kiradi
AQSh ma’muriyati Ukrainaga 2,6 milliard dollargacha bo‘lgan yirik harbiy yordam paketi tayyorlashni yakunlamoqda, deb xabar beradi AP.
Unga birinchi marta 100 ga yaqin Stryker zirhli mashinasi va kamida 50 ta Bradley piyoda jangovar mashinalari kiritilishi kutilmoqda.
Shuningdek, yordam minglab o‘q-dorilar, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalarni ham o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan.
Anonimlik sharti bilan gapirgan rasmiylarning aytishicha, Bayden ma’muriyati harbiy yordam bo‘yicha yakuniy muhokamalarni o‘tkazar ekan, raqamlar hali o‘zgarishi mumkin.
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketining bir qismi sifatida Kiyevga nafaqat Bradley zirhli mashinalari va Patriot zenit tizimlari, balki Oq uy e’lon qilgan RIM-7 Sea Sparrow ("Dengiz chumchuqlari" ) boshqariladigan raketalari bilan ham ta’minlaydi. BU haqda Politico nashri manbalarga tayanib xabar berdi.
Sea Sparrow - bu Raytheon korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan yarimfaol radiolokatsion jihozga ega bo‘lgan "kema-havo" sinfidagi boshqariladigan raketa. U havodagi nishonlarni tutib olish uchun mo‘ljallangan.
"Dengiz chumchuqlari" 1976 yilda Qo‘shma Shtatlar armiyasi tomonidan qabul qilingan, ammo deyarli yarim asr o‘tgach, ushbu raketalarning takomillashtirilgan versiyalari AQSh dengiz floti va dengiz piyodalari korpusi, shuningdek, boshqa mamlakatlar flotlari tomonidan qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
20:01 / 02.06.2026
Kiyev va Dniproga zarba. Qurbonlar soni oshmoqda
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
08:52 / 25.05.2026