O‘zbekiston | 12:50 / 19.01.2023
3191
2 daqiqa o‘qiladi

To‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun 200 mln dollar ajratiladi

Prezidentning “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi.

Foto: ortcom.kz

Hujjat bilan maqsad qo‘yildi – keyingi 5 yilda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,1 baravarga va eksport ko‘rsatkichini 2,6 baravarga oshirish. Gilam va uy to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni paxta tolasini chuqur qayta ishlash orqali yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar 3 yil muddatga yillik 4 foiz stavkada ajratiladi. Mablag‘lar gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarni uzluksiz aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun yo‘naltiriladi.

Tijorat banklarida 100 million AQSh dollari miqdorida, 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada va qolgan davr uchun yillik 5 foiz stavkada gazlama, gilamchilik, bo‘yash-pardozlash, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga kredit liniyalari ochiladi.

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan xorijda savdo uyi va do‘konini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 100 ming AQSh dollarigacha mablag‘ni chet elga o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid