O‘zbekiston | 11:31 / 19.01.2023
4314
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent aeroportiga olib boruvchi ko‘prik qisman yopiladi

Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik qisman yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning 19 yanvaridan Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik qisman yopiladi.

Xabarda aytilishicha, bu yo‘l ta’mirlash ishlari sababli amalga oshirilmoqda. Ko‘prik ta’mirlash ishlari yakunlangunigacha qisman yopiq bo‘ladi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid