Jahon | 09:23 / 21.01.2023
22956
1 daqiqa o‘qiladi

GFR razvedkasi Ukrainaning Baxmutdagi yo‘qotishlaridan xavotirda

Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) Bundestag ekspertlari uchun xavfsizlik siyosati bo‘yicha yopiq hisobotida Ukraina Qurolli kuchlari Baxmut uchun janglarda katta yo‘qotishlar ko‘rgani haqida ma’lum qildi, deb yozadi Der Spiegel jurnali manbalarga tayanib. 

Foto: Libkos/AP/dpa/picture alliance

Nemis razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi har kuni shahar uchun janglarda yuzlab askarlarini yo‘qotyapti.

Shu bilan birga, BND Baxmutning Rossiya tomonidan qo‘lga olinishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi, chunki bu Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaga yanada chuqurroq kirib borishiga imkon beradi. 

Razvedka hisobotida ta’kidlanishicha, Rossiya qo‘shinlari Baxmut yaqinida «o‘ta shafqatsizlik bilan», «askarlarni go‘sht kabi oldinga tashlagan holda» harakat qilyapti, «o‘z saflaridagi katta yo‘qotishlar esa, aftidan, jang olib borish taktikasiga ta’sir qilmayapti».

Mavzuga oid