Donetsk oblastining Rossiya qöşinlari tomonidan qamal qilinayotgan Pokrovsk şahri Ukraina qarşiligining ramziga aylandi – ruslar oxirgi bor 2022–2023 yillarda Baxmut şahrini olişda şu qadar jiddiy muammoga duç kelgandi. Pokrovsk uçun jang 2024 yil oxiridan buyon davom etmoqda. 2025 yil noyabriga kelib Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Pokrovskdagi murakkab vaziyatni tan oldi, u yaqinda bergan intervyusida Ukraina qurolli kuçlari şaharni taşlab çiqişi mumkinligini aytdi. Ammo jiddiy farqlar ham bor – Pokrovsk uçun jangda Rossiya taktikani özgartirdi va bu özgariş sönggi ikki yildagi uruş evolyutsiyasini aks ettiradi, deb yozadi ukrainalik harbiylar va tahlilçilar bilan suhbatlaşgan CNN.

Asosiy özgarişlardan biri uzoq masofaga uçuvçi dronlar ommaviy qöllanişi böldi. Bu amalda front çiziğining ikkala tomonidagi «zarba beriş zonalari»ni kengaytirdi, bu esa qöşinlarning jang maydonida oldinga siljişini sezilarli darajada qiyinlaştirdi, deya ta’kidlaydi CNN. Rossiya qöşinlari oğir zirhli texnikalardan foydalaniş örniga tobora köproq moped va kvadrosikllar yordamida ukrainlar hududiga kirişga harakat qilmoqda. Ukraina qurolli kuçlarining Pokrovsk mudofaasida qatnaşgan askarining sözlariga köra, ularning baggida harakatlangan rossiyalik harbiylar bilan birinçi uçraşuvi «öta kutilmagan» holat bölgan – ammo şu bilan birga dronlarning doimiy hujumlari şaroitida bu mantiqiy yeçim edi.

Boşqa tomondan, Pokrovskdagi vaziyat yaradorlarni şahardan evakuatsiya qiliş deyarli imkonsiz ekani bilan murakkablaşgan, deydi ukrainalik şifokorlar. Ularning sözlariga köra, maşinalar şaharga köpi bilan 10–15 kilometr masofada yaqinlaşişi mumkin va bu ham dronlar tufayli öta xavfli. «Oğir yaradorlar barqarorlaştiriş punktlariga yetib bormayapti. Agar kimdir örtaça oğirlikdagi jarohat olsa, u menga oğir ahvolda keladi, umuman yetib borişga muvaffaq bölsa. Yengil jarohatlar örtaça oğirlikdagi jarohatlarga aylanadi», – deydi u CNN telekanaliga.

Baxmut uçun jangni ukrain harbiylari «göştqiymalagiç» deb atagandi – Rossiya harbiylari ukrainlarning istehkomlari tomon katta tölqin bölib bostirib kelgani, ukrainlar esa ularga öt oçiş orqali öz pozitsiyalarini foş etgani tufayli. Bu ikki tomonda ulkan yöqotişlarga sabab böladi – ammo endi, CNN yozganidek, Rossiyaning taktikasi özgardi. Ukraina harbiylariga köra, Rossiya hujum guruhlari son jihatdan qisqargan. – Ilgari şahar hududida beş-yetti kişidan bölib yurişardi. Hozir köpi bilan uç nafardan. Endi ularni razvedkaçi dronlar yordamida kuzatiş qiyin, çunki ekrandagi harakatlar kamroq», – deydi CNN suhbatdoşi. Yana bir ukrainalik jangçi ham rossiyalik harbiylar uç kişilik guruh bölib harakatlanayotganini ta’kidlamoqda. Uning aytişiça, ular ikki kişi yöq qilinsa ham, uçinçisi «baribir şaharga yorib kirib, mustahkam örnaşib olişi»ni möljal qiladi. «Bir kunda yuzga yaqin şunday guruhlar hujumga ötişi mumkin», – degan u.