Moldova Rossiya qo‘shinlarining Dnestrbo‘yini tark etishiga umid qilmoqda
Buning uchun avvalo Rossiya Ukrainadagi urushda mag‘lub bo‘lishi kerak.
Moldova Ukrainaga qarshi urushdagi ehtimoliy mag‘lubiyatdan keyin Rossiya o‘z qo‘shinlarini Dnestrbo‘yidan olib chiqib ketishini kutmoqda. Bu haqda Moldova tashqi ishlar vaziri Niku Popesku Vocea Basarabia nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Biz hammamiz umid qilamiz va Ukraina bu urushda g‘alaba qozonib, o‘z hududini ozod qilishini tilaymiz. Shunda biz mamlakatni tinch yo‘l bilan reintegratsiya qilish va hududimizda noqonuniy joylashgan Rossiya qo‘shinlarining tinch yo‘l bilan chiqib ketishi ustida ishlashni davom ettirishimiz mumkin. Buni barchamiz xohlaymiz», dedi u.
Popeskuning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi Moldova hayotining barcha jabhalariga, jumladan, Dnestrbo‘yi mojarosini tartibga solish jarayoniga ta’sir qilgan.
Moldova hukumati 1992 yildan beri Dnestrbo‘yini amalda nazorat qilmaydi. Bu hududda Rossiya Federatsiyasiga kuchli harbiy-siyosiy va iqtisodiy qaramlikda bo‘lgan tan olinmagan davlat tuzilishi bor.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18 / 16.11.2024