Namanganda katta miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
“Toshkent – Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina Pop tumanining G‘urumsaroy qishlog‘ida to‘xtatildi. Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida bo‘lgan avtomobil shinasi ichida 1 kg 874 gr “opiy” moddasi borligi va u mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi fuqaroga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, ushbu modda uchinchi shaxslar tomonidan Tojikistondan Toshkent viloyatining Bekobod tumani hududiga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan.
“Namangan – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina esa Pop tumanidagi “Namangan muntazam” YPX maskanida to‘xtatildi. Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaroga tegishli 901 gr “opiy” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu narkotik modda uchinchi shaxslar tomonidan Qirg‘izistondan Namangan viloyatining Uychi tumani hududiga o‘tkazilgan.
Boshqa bir holatda “Namangan muntazam” YPX maskanida to‘xtatilib tekshirilgan, Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro boshqaruvidagi “Lada Vesta” avtomashinasining orqa eshiklari qoplamasi ichiga joylangan 4704 dona “Regapen” va 1198 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Tezkor tadbir davom ettirilib, uning ko‘rsatmasi asosida Namangan shahrida istiqomat qiluvchi shaxsning yashash xonadonidan 3130 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tegishli tartibda olindi. Mazkur noqonuniy ishga namanganlik fuqaroning muqaddam sudlangan ukasi ham aralashgan va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari qirg‘izistonlik fuqaro tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumaniga o‘tkazib berilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024