Jahon | 12:30 / 23.01.2023
9755
2 daqiqa o‘qiladi

London Ukrainaga Leopard tanklari yetkazib berish taklifini qo‘llab-quvvatladi

Buyuk Britaniya Ukraina Qurolli kuchlarini Germaniyaning zamonaviy Leopard 2 jangovar tanklari bilan ta’minlash taklifini qo‘llab-quvvatladi. 

Foto: Peter Steffen/dpa

«Albatta, ular Leopard 2 kabi texnikalardan foydalanishni boshlasa, men xursand bo‘lar edim», deb ma’lum qildi Birlashgan Qirollik tashqi ishlar vaziri Jyeyms Kleverli Sky News bilan intervyuda. 

U Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli darajada harakat qilyaptimi, degan savolga javob berar ekan, diplomat bu borada «har bir davlat imkon uzoqroqqa qadar borganini» istashini ta’kidladi.

Germaniya hukumati Leopard 2 tanklarini Polshadan Ukrainaga yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilmaydi, dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Fransiyaning LCI teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida.

Berbokning so‘zlariga ko‘ra, Varshava Berlinga nemis tanklarini o‘z zaxirasidan Ukrainaga o‘tkazish bo‘yicha rasmiy so‘rov yubormagan. Germaniya TIV rahbari agar Polsha rasmiy Berlin ruxsatisiz tanklar yuborishga qaror qilsa nima bo‘lishi haqidagi savolga shunday javob berdi: «Bizdan hali so‘ralgani yo‘q, agar so‘rashsa, biz to‘sqinlik qilmaymiz».

«Biz bu tanklar naqadar muhimligini bilamiz va shuning uchun hozir buni hamkorlarimiz bilan muhokama qilmoqdamiz. Biz hayotni saqlab qolish va Ukraina hududini ozod qilish uchun hamma narsani qilishimiz kerak», - deya qo‘shimcha qildi Berbok.

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius avvalroq aytganidek, Ukrainaga Leopard tankini yetkazib berish bo‘yicha qaror hali qabul qilinmagan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu masala muhokama qilingan: uning tarafdorlari ham, muxoliflari ham bor. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid