Polsha Leopard 2'ni topshirish uchun «kichik koalitsiya» tuzishi mumkin
Agar Germaniya Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berish haqida o‘ylamasa, Polsha buni o‘z zimmasiga oladi, dedi bosh vazir Mateush Moravetskiy. Buning uchun Varshava Kiyevni tanklar bilan ta’minlaydigan «kichik koalitsiya» tuzadi, deya tushuntirdi u.
Agar Germaniya hukumati Leopard 2 jangovar tanklarini Ukrainaga bermasa, Polsha Kiyevni o‘z arsenallaridan «zamonaviy jihozlar» va «zamonaviy tanklar» bilan ta’minlaydigan davlatlardan iborat «kichik koalitsiya»ni tuzadi, dedi 22 yanvar, yakshanba kuni PAP agentligiga bergan intervyusida Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy. U Germaniya kansleri Olaf Sholsning Ukrainaga Leopard tanklarini yetkazib berish borasidagi pozitsiyasini keskin tanqid qildi. «Germaniyaning bu boradagi pozitsiyasi qabul qilinishi mumkin emas», - dedi Moravetskiy.
«Rossiyaning tajovuzkor urushi tufayli har kuni begunoh odamlar halok bo‘lmoqda. Rossiya bombalari Ukraina shaharlarini vayron qilmoqda. Fuqarolik nishonlari zarbaga olinmoqda, ayollar va bolalar halok bo‘lmoqda», - dedi Polsha bosh vaziri.
Ramshtayndagi Ukraina bo‘yicha aloqa guruhining yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidan oldin ham Polsha Leopard tanklarini Ukrainaga o‘z zaxiralaridan o‘tkazishga tayyorligini bildirdi, ammo buning uchun birinchi navbatda Germaniyaning ushbu harbiy texnikani ishlab chiqaruvchi mamlakat sifatida roziligi kerak. Germaniya hozircha rozi bo‘lgan yagona narsa - ularning qanchasini Ukrainaga topshirish mumkinligini ko‘rish uchun Leopard tanklarini inventarizatsiya qilish.
Mavzuga oid
14:34 / 15.11.2024
Polshada YTHda jabrlangan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
13:14 / 09.11.2024