Jahon | 09:14 / 25.01.2023
7725
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya Kiyev uchun Germaniyadan 18 ta Leopard'ni sotib olishi mumkin

Niderlandiya Ukrainaga 18 ta Leopard 2 tankini berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Buning uchun ular Germaniyadan ijaraga olingan jangovar mashinalarni sotib olishga tayyor. Bu haqda 24 yanvar, seshanba kuni bosh vazir Mark Ryutte Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Sean Gallup/ Getty Images

«Biz ularni ijaraga oldik, ularni sotib olishimiz mumkin, ya’ni biz ularni xayriya qilishimiz ham mumkin», dedi Ryutte. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, hozircha tegishli qaror yo‘q va Niderlandiya uni amalga oshirishni kengroq koalitsiyaning bir qismi sifatida ko‘rib chiqishga tayyor - masalan, Finlandiya va Portugaliya bilan.

AQSh va Germaniyadan keyin Niderlandiya ham Ukrainani Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda DW xabar berdi.

«Biz Patriot loyihasi bo‘yicha Germaniya bilan birgalikda qilayotgan ishlaringizga qo‘shilish niyatidamiz», deb ma’lum qildi Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Oq uyda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, avvalroq u bu masalani Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muhokama qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid