Sho‘rchi tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Surxondaryo viloyatida yana bir tuman hokimi o‘zgardi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyor Haitovich Xudoyberganov vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Ulug‘bek Xurramovich Zokirov tasdiqlandi.
Ulug‘bek Zokirov 1974 yil 3 dekabrda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 1995 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi biologiya o‘qituvchisi, iqtisodchi.
U.Zokirov 1997-2022 yillarda tijorat banklari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qishloq qurilish invest, Markaziy bank boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022 yildan buyon Respublika Markaziy bank departament direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Baxtiyor Xudoyberganov 2019 yil sentabrida Sho‘rchi tumani hokimi etib tasdiqlangandi.
Shu tariqa, Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi To‘ra Bobolov hokimligi davrida tuman hokimligiga tayinlanganlar ishdan olinmoqda. Bugun viloyatning Angor, Termiz, Muzrabot va Jarqo‘rg‘on tumanlarida ham yangi hokimlar ish boshladi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi
O‘zbekiston | 08:03
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
Mavzuga oid

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025