Bugun, 20 sentabr kuni Xalq deputatlari Şörçi tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov, tuman Kengaşi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va taşkilotlari rahbarlari, şuningdek, prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi Şerzod Qudbiyev iştirok etdi.

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Botir Törayeviç Alimov boşqa işga ötganligi munosabati bilan Şörçi tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. Şu kungaça viloyat hokimligi moliya boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Baxtiyor Hayitoviç Xudoyberganov Şörçi tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma'lumot örnida, Baxtiyor Xudoyberganov 1976 yilning 19 martida Qiziriq tumanida tuğilgan. Faoliyati davomida Muzrabot tumani hamda Termiz şahar hokimliklari moliya bölimi mudiri, 2017 yildan viloyat hokimligi moliya boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Bundan oldin, Boysun va Qumqörğon tumanlarida yangi hokimlar iş boşlagani xabar berilgandi.

Şuningdek, Surxondaryo viloyati hokimiga yangi örinbosarlar tayinlandi.